Tramp boʻrondan jabr koʻrgan tumanlarda hot-dog tarqatdi

Tramp boʻrondan jabr koʻrgan tumanlarda hot-dog tarqatdi
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Florens boʻronidan jabr koʻrgan tumanlarga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Kun nashri.

Mahalliy aholi bilan uchrashuvda Tramp hot-doglarni tarqatdi, odamlar bilan quchoqlashib koʻrishdi va qoʻllab-quvvatlov soʻzlarini bildirdi.

“Amerika siz bilan birga motam tutmoqda, bizning yuraklarimiz qaygʻuda. Yaratganning oʻzi sizlarga kuch-quvvat bersin. Biz sizlarning yoʻqotishlaringizni hech qachon unutmaymiz. Sizlarni hech qachon tark etmaymiz”, - dedi Tramp Xavlokdagi dengiz bazasida tashkil etilgan brifingda.

Taʼkidlanishicha, u Shimoliy va Janubiy Karolinaga ham tashrif buyurdi: cherkovga borib, vayronagarchilikni oʻz koʻzi bilan koʻrdi hamda mahalliy hokimiyat organlari ishini fuqarolar bilan muhokama qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Florens” poʻrtanasi qurbonlari soni 32 kishiga yetgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar