
Angliya chempionatining 7-turidan oʻrin olgan “Vest Xem” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetadi. Londonda boʻlib oʻtga oʻyinda mezbonlar ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdilar.
Oʻyin debyutida Felipe Anderson chiroyli gol bilan mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ushbu goldan soʻng mankunianliklar biroz jonlanishdi, biroq boʻlim soʻnggiga borib ustunlik yana londonliklar tomoniga oʻtdi.
43-daqiqada Angdrey Yarmolenkoning bergan zarbasi Lindelyofga tekkan holda oʻz yoʻnalishini oʻzgartirdi va darvozadan joy oldi.
71-daqiqada Markus Reshford burchakdan uzatib berilgan toʻpga tovoni bilan zarba berib, chiroyli golga muallif boʻldi. Biroq oradan koʻp vaqt oʻtmay londonliklar uchinchi golni urishdi, Mark Arnautovich De Xea bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va yaiqn burchakni aniq nishonga oldi.
Shu tariqa, “Manchester Yunayted” yana ochko yoʻqotdi. “Vest Xem” esa ochkolarini 7taga yetkazib olgan holda turnir jadvalining 11-pogʻonasiga koʻtarilib oldi.
APL, 7-tur
Vest Xem – Manchester Yunayted 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Felipe Anderson, 2:0 – 43, avtogol Lindelef, 2:1 – 71 Reshford, 3:1 – 74 Arnautovich.
Vest Xem – Fabianski, Diop, Balbuena, Masuaku, Rays, Felipe Anderson (Diangana, 90), Nobl, Yarmolenko (Snodgrass, 72), Obiang, Arnautovich (Antonio, 83), Sabaleta.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef (Reshford, 57), Pogba (Fred, 70), Matich, Fellayni, Maktomini, Marsyal (Mata, 71), Lukaku.
Ogohlantirish: Yang (78).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar