Rossiyadagi muammolar Fransiya va Germaniya yalpi ichki mahsulotining kamayishiga olib kelishi mumkin

Rossiya iqtisodiyotidagi inqiroz boshqa davlatlar, shu jumladan, Fransiya va Germaniya iqtisodiy holatiga ham ta’sir qiladi, deb yozadi “Slate” jurnali muxbiri Jerar Orni.
Fransiya milliy statistika idorasi “Insee”ning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Fransiya eksportining 2,3 foizi va Germaniya eksportining 3,9 foizi Rossiyaga to‘g‘ri keladi.
“Yalpi ichki mahsuloti umumiy dunyo YaIMining 3,4 foizini tashkil qiladigan Rossiyadagi iqtisodiy muammolar keltirib chiqaradigan ta’sirlarni inkor qilib bo‘lmaydi”, deb aytiladi maqolada.
Fransuz va nemis korxonalarining Rossiyadagi savdo hajmi kamayib ketdi, natijada ular kerakli xomashyoni kamroq miqdorda sotib oladilar va o‘z xodimlariga kamroq pul to‘laydilar, deb ta’kidlab o‘tiladi jurnalda.
Fransiya milliy statistika idorasi “Insee”ning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya YaIMning 3 foizga kamayishi Fransiya YaIMning 0,1 foizga, Germaniya YaIMning 0,15 foizga kamayishiga olib keladi.
Ushbu Evropa davlatlari iqtisodiyoti uchun bu anchagina yo‘qotishni tashkil qiladi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada 2014 yilda YaIM o‘sish sur’ati 1,5 foizni, Fransiyada esa 0,3 foizni tashkil qiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing