
Rossiya va Misr prezidentlari Vladimir Putin va Abdulfattoh as-Sisiy rasmiy muzokaralarni yakunlagach, Rossiyaning eng oxirgi texnikasi bilan amaliyotda tanishish uchun Sochidagi avtodromga yoʻl oldilar.
Putin misrlik hamkasbi bilan avtodromga yangi limuzini “Senat”da borgan.
“Formula-1” poygalari oʻtadigan avtodromda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov as-Sisiyga “Aurus”ning boshqa modellari – “Senat” sedani va “Arsenal” minivenini namoyish qilgan.
Soʻngra Putin sedan ruliga oʻtirib, misrlik hamkasbiga uni sinab koʻrishni taklif qilgan. Keyinroq Misr prezidentiga Rossiyaning mudofaa-sanoat majmuasining eng yangi mahsulotlari namoyish qilingan.
Misr prezidenti 16 oktyabrda Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan.
RossiyaMisrPrezidentlarVladimir PutinAbdulfattoh as-SisiyRasmiy MuzokaralarSochidagi AvtodromAurusFormula-1 O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar