Ikkinchi jahon urushi paytida «Gannersayd» amaliyotiga rahbarlik qilgan norvegiyalik Yoaxim Renneberg 99 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida Reuters'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
1943 yilda Renneberg Norvegiyadagi Vemork gidroelektrstansiyasida og‘ir suv ishlab chiqarishni yo‘q qilishga qaratilgan qo‘poruvchilik harakatiga boshchilik qilgan. Uning ishlab chiqarilishi atom bombalarining keyingi rivoji uchun juda muhim edi. Norvegiyalik amaliyotga rahbar etib tayinlanganida atigi 23 yoshda bo‘lgan.
Norvegiya hukumati Rennebergni «natsistlar Germaniyasining yadroviy ambitsiyalarini yo‘q qilishi lozim bo‘lgan jasur reyd yetakchisi», deb atagan. Garchi tarixchilar uchinchi Reyx o‘sha paytda yadro quroli ishlab chiqara olishi mumkin bo‘lganiga shubha qilishsa-da, ular 1943 yilda xatarlarni aniqlash qiyin vazifaga aylanganini tan olishadi, deya qo‘shimcha qilgan agentlik.
«Gannersayd» amaliyoti Vemorkka hujum qilish uchun ikkinchi urinish edi. Birinchisi muvaffaqiyatsizlikka uchragan: qiyin ob-havo sharoitlari tufayli qo‘poruvchilarning bir qismi yerga tushishda qoyalarga urilgan, boshqalari esa gestapo tomonidan asirga olingan. Ikkinchi urinishda harbiylar vazifani uddalashdi. Qo‘poruvchilik harakatidan keyin zavod qayta tiklanmadi, qolgan suv Germaniyaga olib chiqib ketildi.
Renneberg 1919 yilda Norvegiyaning Olesunn shahrida tug‘ilgan. 1940 yilda Germaniya Norvegiyaga bostirib kirgach, Buyuk Britaniyaga qochib ketgan, u yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilgan va Vemorkdagi missiyani bajarishga tayinlangan. Ittifoqchilar g‘alabasidan keyin u radiomuxbir bo‘lib ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi