date
views 2 282

Valiahd shahzoda kimlarga ishongan edi?

Valiahd shahzoda kimlarga ishongan edi?
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muxammad bin Salmon ushbu patronaj tizimiga ,shu qadar qattiq ishondiki, “Amerika va Isroil orqamda turibdi, bilganimni qila olaman,” degan darajada ishongan bo‘lsa ajab emas.

Qatarga informatsion, iqtisodiy va siyosiy urush boshladi. Al-Jazira telekanalini yopish uchun kurash boshladi.

Turkiyada 2016 yilgi Erdo‘g‘anni ag‘darish operatsiyasida uchta arab davlati manfaatdor ekanligi ko‘ringan edi. Bular Saudiya Arabistoni, Arab Amirligi va Misr edi.

Yamanda, Suriyada “Eronni manfaatlariga qarshi urush” e’lon qilgan Saudiya, bu jarayonni nihoyatda qo‘pol va ko‘plab qurbonlar evaziga olib bordi va bormoqda.

Mana endi, Jamol Qoshiqchini elchixonani (!) ichida o‘ldirilishi, Qatar (Al-Jazira), Turkiya, Eron va boshqa davlatlarni Saudiya hokimiyatidan, xususan, valiahd shahzodadan o‘ch olish imkoniyatini berdi.

Agar Turkiya bu qotillikni tekshirmaganida, Al-Jazira tinimsiz xabarlar oqimini yaratmaganida, bu ish ohistagina “yopilib” ketar edi.

Endi, Bin Salmonni orqasida turgan Tramp va Netanyahu uni qutqarib qolishlari qiyin.

Sababi, globallashgan dunyoda eng qudratli hokimiyat – bu global jamoatchilik fikri: mutafakkirlarning munosabatlari, faollarning savollari, OAVlarining tinimsiz xabarlari, xalqaro tashkilotlarning talablari, milliardlab oddiy odamlarning munosabatlaridir.

Jamol Qoshiqchi o‘ldi, lekin u o‘zi bilan o‘pkasini bosa olmagan, Trampga va Netanyahuga qattiq ishongan valiahd shahzodani tiriklayin olib ketdi.

Endi shahzodani istiqboli yo‘q. Vaziyat o‘zgardi.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimiy

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Valiahd shahzoda kimlarga ishongan edi?