2 679
Janubiy Koreya haddan tashqari ko‘p guruch yetishtirilgani sababli 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi

Janubiy Koreya byudjeti mamlakatda guruch haddan tashqari ko‘p yetishtirilgani sababli oxirgi 3 yil ichida 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi vaziri ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hukumat tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning haddan ortiq qo‘llab-quvvatlanishi guruch zaxiralarining ko‘payib ketishiga olib kelgan. Natijada 2016 yildan boshlab ortiqcha guruch chorva uchun yem sifatida qo‘llangan. Ma’lum qilinishicha, uch yil ichida million tonnadan ko‘proq guruch yetishtirilgan.
Guruch ko‘payib ketgani sababli o‘z narxidan 10 marta past narxda sotilgan. Janubiy Koreyada guruch yetishtirish va uni saqlash bilan bog‘liq yillik byudjet 4,9 mlrd dollarni tashkil qilib, bu mamlakat qishloq xo‘jaligi byudjetining 39 foizini tashkil qiladi.
Vazirlik shu munosabat bilan guruch yetishtirishning davlat tomonidan tartibga solinishini va bu bilan bog‘liq byudjet xarajatlarini qisqartirishni taklif qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyaning eng badavlat 5 odami bir kun ichida 6 mlrd dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng boy odami bir kunda 7 mlrd dollar yo‘qotdi

Britaniya iqtisodiyoti Brexit sababli 74 mlrd dollar yo‘qotdi

O‘zbekistonlik qiz bilan nikoh qurish koreyalik erkaklarga qimmatga tushmoqda

Xitoy AQShga nisbatan misli ko‘rilmagan yon bosishlarga bordi

Shimoliy Koreyada qurg‘oqchilik tufayli oziq-ovqat tanqisligi boshlandi…