QS University Rankings: Eastern Europe and Central Asia (EECA) 2019 reytingi e’lon qilindi, unda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 26 mamlakatning eng yaxshi universitetlari qayd etilgan.
Birinchi o‘rinni Moskva davlat universiteti (Rossiya) egalladi, ikkinchi - Novosibirsk davlat universiteti (Rossiya), uchinchi - Karlov universiteti (Chexiya).
Shuningdek, birinchi o‘ntalikdan Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya), Tartu universiteti (Estoniya), Yagellon universiteti (Polsha), Yaqin Sharq texnika universiteti (Turkiya), Pragadagi Chexiya texnika universiteti (Chexiya) va Bosfor universiteti (Turkiya) joy oldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘istonning 20ta universiteti reytingga kirdi, ular orasida eng yuqori o‘rinni Qozog‘iston Milliy universiteti (19-o‘rin) egalladi. Qirg‘izistondan bitta oliy o‘quv yurti - Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti (151-160 o‘rin).
Toshkent davlat texnika universitetiga reytingdan joy olish uchun bir necha ball yetmadi, u 301+ pozitsiyasida qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi