17:25 / 01.11.2018
3 793

Ikki stakan suv uchun 10 000 dollar choychaqa

Ikki stakan suv uchun 10 000 dollar choychaqa
Taniqli videobloger, YouTube kanalida “MrBeast” sahifasiga ega erkak oddiy suv uchun 10 ming dollar choychaqa qoldirdi. Bu haqda u o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Voqea bunday bo‘lgan edi. “Sup Dogs” tamaddixonasida bir mehmon tashrif buyurib, ikki stakan suv buyurtirdi. Erkak menyuni ko‘zdan kechirdi-yu, hech nima buyurtma qilmadi. Tamaddixona egasi Bret Oliverioning ma’lum qilishicha, ofitsiantlar uning stolidan o‘n ming dollar pul va “Mazali suv uchun rahmat!” degan xatchani topishdi.

Kafe ishchilari pulni o‘zaro bo‘lib olishdi. Keyinchalik saxiy mehmon mashhur YouTube-bloger MrBeast ekanligi ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki stakan suv uchun 10 000 dollar choychaqa