So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida noqonuniy tarzda yashab kelgan jami 20 nafar o‘zbekistonlik muhojir vatanga haydab solindi. Bu ish Sverdlovsk viloyat sudi hukmiga ko‘ra amalga oshirildi.
Noqonuniy tarzda yashaganlarning 12 nafari ko‘p qavatli uy yerto‘lasida tashkil etilgan sexda ishlab kelgan. Bu sexda qo‘lbola spirtli ichimlik ishlab chiqarilgani aniqlandi.
Rossiya huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari barcha muhojirlarni O‘zbekiston chegarasigacha keltirib qo‘yishdi. Chiptalar muhojirlar hisobidan sotib olindi.
Aytishlaricha, so‘nggi 10 oy ichida Sverdlovskdan 1800 nafarga yaqin muhojir haydab solingan. Barchalari qonunbuzarlik yo‘li bilan viloyatdagi turli shaharlarda bekitiqcha yashab, ishlab kelishgan. Ularning aksariyati esa o‘zbekistonliklar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi