“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston markazidagi harbiy bazani bosib olishdi. Bu haqda Pajhwok axborot agentligiga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Uruzgan viloyati ma’muriy markazi Tarinkot shahri yaqinida joylashgan bazaning bosib olingani viloyat kengashi va mamlakat mudofaa vazirligida tasdiqlangan. Biroq tomonlar ko‘rgan talofatlar ma’lum qilinmagan.
Bu orada “Tolibon” vakillari afg‘on OAVga harbiy bazaning bosib olinishi vaqtida 10 askar o‘ldirilgani va 13 nafari asirga olinganini ma’lum qilishgan.
Bu baza joriy hafta davomida jangarilar tomonidan bosib olingan ikkinchi bazadir. 2 noyabrga o‘tar kechasi Faryob viloyatidagi Shirin-Tagab va Davlatobod uyezdlari o‘rtasida joylashgan, jamoat xavfsizligi politsiyasining muhim bazasi Pul-i-Acha jangarilar nazoratiga o‘tgan.
Jangarilar hujum vaqtida 17 politsiyachini asirga olgan, 4 ta tank, 2 ta reaktiv qurilma, o‘qotar qurol va o‘q-dorini qo‘lga kiritgan. To‘qnashuvlar vaqtida 10 dan ko‘proq jangari o‘ldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi