Foto: «RIA Novosti»
«Business Insider» jurnali talqiniga ko‘ra, Rossiya armiyasi Yevropadagi eng kuchli armiya deya e’tirof etildi. Reytingga jami 25 Yevropa mamlakati armiyasi kiritilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilar va texnika soni, mudofaaga ajratiladigan mablag‘lar hisobga olindi.
Jurnal ma’lumot berishicha, ayni paytda Rossiyada harbiy xizmatchilar soni 3,5 million nafardan oshadi, deyarli to‘rt mingta samolyot, 20 mingdan ziyod tanklar, 350 dan ortiq kemalar Rossiya mudofaa qudratiga xizmat qilmoqda. Yillik harbiy byudjet — 47 mlrd. dollar.
Ikkinchi o‘rinda — Fransiya: 388 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchi, 1,2 mingdan ziyod samolyotlar, shuningdek, boshqa texnikalar. Yillik harbiy byudjet — 40 mlrd. dollar.
Uchinchi o‘rinda esa harbiy maqsadlar uchun yiliga 50 mlrd. dollar sarflovchi Buyuk Britaniya. Harbiy xizmatchilar soni — 279 ming kishi, 800 ta samolyot.
Yevropaning eng kuchli 10 armiyasi:
1. Rossiya;
2. Fransiya;
3. Buyuk Britaniya;
4. Turkiya;
5. Germaniya;
6. Italiya;
7. Ispaniya;
8. Polsha;
9. Gretsiya;
10. Ukraina.
Reytingdagi oxirgi — 25-o‘rinda Belgiya joylashgan. Harbiylari soni 38 ming kishi, harbiy byudjeti esa 5 milliard dollarni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi