
AQShning xalqaro taksi xizmati Uber Britaniya poyabzal ishlab chiqaruvchi Charlotte Olympia bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Endilikda Uber brendi ostida ayollar poyabzali savdo rastalari paydo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
Kompaniya baland platformali oltin sandallar va Uber shoes brendi bilan ishlab chiqarilayotgan baland poshnali poyabzallarni ommaga namoyish etdi.
Poyabzal bor-yo‘g‘i 14 juft ishlab chiqarildi va faqat Londonning Harvey Nichols Knightsbridge do‘konida 15 noyabrga qadar sotilishi aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, uning narxi 695 funt sterling etib belgilangan. Bir juft oyoq kiyim sotib olgan xaridorning Uber'dagi hisobi avtomatik tarzda 500 funt sterling mablag‘ o‘tkaziladi va mijoz bu pullarni taksi xizmatidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Uber 2019 yildan o‘z dronlarini ishlab chiqarish va 2021 yildan ularni tijorat maqsadlarida ishga tushirishni rejalayotgani haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar