Xitoy televideniyesi xodimlari sensatsion yangilik – sun’iy ong negizida yaratilgan virtual boshlovchini taqdim qilishdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kiberjurnalistning taqdimoti Chjetszyan viloyatida o‘tgan internetni boshqarish bo‘yicha xalqaro anjumanda o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, virtual boshlovchi o‘zidan gologrammani aks ettirib, uni mamlakatdagi taniqli jurnalist Syu Xaoning tashqi ko‘rinishi va ovozidan foydalanib yaratishgan. Kiberboshlovchini yaratganlarning aytishicha, istalgan odamni virtual boshlovchi prototipiga aylantirish mumkin. Buning uchun maxsus dasturga boshlovchi tasvirga olingan videoni yuklash kifoya qiladi va dastur bu boshlovchining imo-ishoralari, mimikasi va obrazini aniq qaytara oladi.
Xinhua's first English #AI anchor makes debut at the World Internet Conference that opens in Wuzhen, China Wednesday pic.twitter.com/HOkWnnfHdW
— China Xinhua News (@XHNews) November 7, 2018
Ta’kidlanishicha, virtual boshlovchi yordamida televizion kontentni ishlab chiqarishni ancha arzonlashtirish mumkin: bunday boshlovchini grim qilishga hojat bo‘lmaydi, unga na studiya, na tele- va ovoz operatori kerak bo‘ladi va eng asosiysi, u kuniga 24 soat, ta’til va dam olishlarsiz mutlaqo bepul ishlashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"