3 223
Moskvadagi muzokaralarda Afg‘oniston va toliblar yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi
Dastlabki shartlar bajarilmaguniga qadar Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishning imkoni yo‘q, deb ma’lum qildi Afg‘oniston oliy tinchlik kengashi rahbarining o‘rinbosari Hojidin Muhammad.
U Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish ehtimoli to‘g‘risidagi savolga "Yo‘q, Tolibon ayrim shartlarni ilgari surdi", deb javob qaytardi.
Eron TIVning G‘arbiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha bosh direktori Rasul Eslami yaqin kelajakda yana bir uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi.
"Barcha ishtirokchilar qanoat hosil qilishgani bois yaqin kelajakda navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishga kelishib olindi", — dedi Eslami.
Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv 9 noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi. Unda ilk bor toliblarning Dohadagi siyosiy qarorgohidan delegatsiya ishtirok etdi.
Foto: RIA Novosti
Afg‘onistondan esa oliy tinchlik kengashi delegatsiyasi qatnashdi, mamlakat TIVning bildirishicha, mazkur kengash Afg‘oniston hukumatini ifodalamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi