Bugun, 11 noyabr — Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni». «Sinxua» agentligi xabar berishicha, Xitoydagi onlayn-savdo platformalarining savdo aylanmasi «Bo‘ydoqlar kuni» 30 milliard dollardan oshib ketishi kutilyapti. Yanayam aniqroq summa — 32 milliard dollar.
«Bo‘ydoqlar kuni» nikohda bo‘lmagan insonlarga bag‘ishlangan bayram, Xitoyda har yili 11 noyabr kuni nishonlanadi. Oxirgi yillarda yirik kompaniyalar yirik ulgurji savdolarini aynan shu kunga belgilashga odatlanishmoqda.
«AliExpress» hamda «Tmall» onlayn-maydonlarini boshqaruvchi «Alibaba» kompaniyasi 2013 yildan bu amaliyotni internet-savdolarga ham joriy etdi. «Tmall» onlayn-maydoni «Bo‘ydoqlar kuni» rekordini o‘rnatgan: 24 soat ichida 168,2 milliard yuanlik mahsulot sotgan.
O‘tgan yildan «Alibaba Group» ulgurji savdolarni g‘arb bozoriga ham tatbiq etdi, natijada «AliExpress» Buyuk Britaniya va AQSh da ommalashib ketdi. Bugungi sanada oldingi rekordlar yangilanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi