
Yangi Zelandiyada ikki g‘avvos ulkan chuvalchangni eslatuvchi antiqa suv jonzotini videotasvirga olishdi.
Ta’kidlanishicha, jonzotning uzunligi 8 metrga yetgan va ichi bo‘sh bo‘lgan. G‘avvoslarning The New Zealand Herald nashriga ma’lum qilishicha, ular shu paytgacha bunday jonzotni uchratishmagan. G‘avvoslarning ta’kidlashicha, ular hattoki shunday organizm mavjud bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilishmagan.
“Bu gangitardi, biroq mo‘’jizaviy edi!”, deb aytgan g‘avvoslardan biri Endryu Batl.
Uning taxminicha, ushbu “jonzot” birgalikda yagona organizmni tashkil qiluvchi pirosomalar koloniyasi bo‘lgan. Bunday koloniyalarning uzunligi 20 santimetrdan bir necha o‘nlab metrgacha yetishi mumkin. Bu jonzotlar issiqsevar bo‘lib, ekvotarial va tropik suvlarda yashaydi. Ta’kidlanishicha, ularni uchratish juda qiyindir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar