Qodirov chechenistonlik 5 yoshli bolaga Mercedes sovg‘a qildi

Qodirov chechenistonlik 5 yoshli bolaga Mercedes sovg‘a qildi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 5 yoshli Rahim Kuriyevga ikkita qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish bo‘yicha mashqni to‘rt mingdan ortiq marta bajargani uchun oq Mercedes sovg‘a qildi.

Checheniston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha vazirligi rahbari Musa Xanarikovning so‘zlariga ko‘ra, bola kuch mashqini 2 soat-u 26 daqiqa ichida tanaffuslarsiz 4105 marta bajardi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya rekordlar kitobi vakillarida rekordni rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon bermagan «kichik savollar paydo bo‘ldi».
Qodirov chechenistonlik 5 yoshli bolaga Mercedes sovg‘a qildi
Foto:vk.com/ramzan

«Bu mashinani senga Ahmad Hoji Qodirov nomidagi xayriya jamg‘armasi prezidenti Aymani Qodirova yubordi. Otang seni unda olib yursin, sen oq «Mersedes»da yurishga loyiqsan», - dedi Qodirov Kuriyevga.

O‘z navbatida, bolaning o‘zi Qodirovga kuch mashqini besh mingdan ortiq marta bajara olishi mumkinligini aytdi hamda o‘z imkoniyatlarini mashina kapotida namoyish etib berdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar