Amazon kompaniyasining muvaffaqiyati mijozlar haqida unutish va tin olish uchun sabab bo‘lmasligi lozim, dedi kompaniya rahbari Jeff Bezos xodimlar bilan suhbatda.
"Aslida, men bir kun kelib Amazon muvaffaqiyatsizlikka uchrashini aytmoqchiman. Amazon bankrot bo‘ladi. Agarda yirik kompaniyalarga nazar tashlasangiz, ularning umri 30 yildan sal oshadi, 100 yil emas", dedi Bezos.
Bezosning bu bayonoti kompaniyaning muvaffaqiyatga erishib turgan bir vaqtda g‘alati tuyuladi.
Keyingi sakkiz yil ichida Amazon xodimlari soni 20 baravarga ko‘paydi va 600 mingdan oshib ketdi. O‘tgan haftada kompaniya Nyu-York va Vashingtonda har birida 25 mingtadan ish o‘rni bo‘lgan ikkita shtab-kvartirasini ochishini e’lon qildi.
Shu yilning iyulida Jeff Bezos Bloomberg agentligining dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida 150 mlrd dollar boylik bilan birinchi o‘rinda joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?