Quruqlikka chiqib qolgan akula yana okeanga qaytarildi

Quruqlikka chiqib qolgan akula yana okeanga qaytarildi

AQSHning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles yaqinidagi Sunset Beach hududida quruqlikka chiqib qolgan akulani bir kishi yana okeanga qaytarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea shu oy boshida sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, akula suvga qaytarilganidan so‘ng Santa Monika qo‘ltig‘i tomon suzib ketgan va shundan keyin uni boshqa ko‘rishmagan.

Santa Monika qo‘ltig‘i va Janubiy Kaliforniya sohillarida akulalar uchrashi odatiy hol hisoblanadi. So‘nggi kunlarda bu hududda akulalar bilan bog‘liq bir nechta kuzatuvlar ham qayd etilgan.

Mutaxassislar Kaliforniya sohillarida akulalar odamlar bilan to‘qnashuvi nisbatan kam uchrashini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, suvda akula ko‘ringan joylarda ehtiyotkorlikni oshirish va xavfsizlik tavsiyalariga amal qilish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar