Tojikistonda 22 nafar masjid imom xatiblarining bir nechta terroristik guruhlarga a’zoligi aniqlanib, qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Hafizzoda Shodi Xurshed xabar berdi.
Uning aytishicha, qamoq jazosiga hukm qilingan 22 nafar imom xatibning barchasi 2016 yildan bugungacha Tojikistonda faoliyati taqiqlangan terroristik va ekstremistik tashkilotlarga a’zo ekanligi aniqlangan. Shu jumladan, ularning 12 nafari "Musulmon birodarlar" terroristik tashkilotiga, 9 nafari "Salafiya" diniy ekstremistik tashkilotiga va 1 nafari "Islomiy davlat" terroristik tashkilotiga a’zo ekanligi IIV, prokuratura va sud organlari tomonidan aniqlanib, tasdiqlangan hamda ular turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Tojikistonda bunday harakat va tashkilotlar paydo bo‘lishining sabablaridan biri fuqarolar urushi yillarida ko‘plab yoshlarning Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Misr kabi davlatlarda diniy ta’lim olganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qamoq jazosiga hukm qilingan 22 nafar masjid imom xatiblarining ham xorijda diniy ta’lim olish paytida yoki xorijdagi hamsaboqlari ta’sirida Tojikistonda faoliyati taqiqlangan terroristik va ekstremistik tashkilotlarga a’zo bo‘lganligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"