07:57 / 21.11.2018
5 303

Tojikistonda 1 kg keladigan anor navi yetishtirildi

Tojikistonda 1 kg keladigan anor navi yetishtirildi
Tojikistonning Darvoz tumani Ruzvayi qishlog‘ida anorning yangi turi – vazni 1 kg chiquvchi hosili yetishtirildi. Mazkur meva Ruzvayi qishlog‘ida yashovchi bog‘bon Rahmiddin Najmiddinovning bog‘ida payvandlash yo‘li bilan yaratildi.

Bog‘bon 20 yildan buyon sitrus mevalar yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

Uning qayd etishicha, anorning "Karon" nomli bu navi shirin donali bo‘lib, shifobaxsh xususiyati bilan ajralib turadi. “Karon” anori buyrak bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda juda foydali.

“Avval sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanganman. Keyinchalik 1,5 gektar yerni anorzorga aylantirdim. Hozir 5-6 tup anor mevasi bilan ro‘zg‘orga kerakli mahsulotlarni sotib olishga qurbim yetadi”, – deydi bog‘bon.

Darvoz Tog‘li Badaxshon Muxtor viloyatining subtropik mevalar yetishtirish uchun qulay iqlimga ega bo‘lgan yagona tumanidir. Tuman bog‘bonlari uzoq yillardan buyon Pomir biologiya instituti bilan hamkorlikda limon, anor, anjir va xurmo kabi mevalar parvarishi bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda 1 kg keladigan anor navi yetishtirildi