Vladimir Putinning soqchilarini nafaqat yaxshi ish bilan, balki yer bilan ham ta’minlashadi, deb yozadi «Dojd». Bunday xodimlardan bir yo‘la bir nechtasiga noodatiy tarzda Odinsov tumanidagi, ilgari «NKVD» sovxozi sobiq ishchilariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari tekkan. Avvalgi yer xo‘jayinlari yerni ulardan aldov yo‘li bilan yoki hatto kuch bilan tortib olishganini aytmoqda.
Sovet ittifoqi parchalangach, sovxoz yerlarini ishchilar xususiylashtirib olgan. Ammo 90-yillar oxirida ularga allaqanday korxona aksiyalari evaziga yer uchastkalarini unga berib yuborishni taklif qilishgan, keyinchalik aksiyalar qadrsizlanib ketgan.
Shuningdek, 90-yillarda «obro‘li kishilar» va biznesmenlar yerlarni qalbaki hujjatlar, do‘pposlashlar va qo‘rqitishlar yo‘li bilan olib qo‘ygan.
Prezidentning yerlarni qo‘lga kiritgan soqchilari Putinning ilk chet el safarlaridan biri chog‘ida uning yonida paydo bo‘lgan edi, ular endi soyadan chiqib kelmoqda.
Odinsov tumanidagi yer uchastkalariga egalik qiluvchilar orasida prezidentning sobiq soqchisi Viktor Zolotov, uning o‘g‘li va kuyovi, favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev, prezident xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Oleg Klimentev va uning qizi va boshqalar ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi