
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko mamlakat hududida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Ushbu hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilingan.
Farmon bugundan kuchga kiradi. Harbiy holat 2 oy muddatga - 2019 yilning 25 yanvarigacha kiritilmoqda
Bugun ushbu hujjatga Oliy Rada deputatlari tomonidan ovoz beriladi.
Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, Milliy xavfsizlik va Mudofaa kengashi (SNBO) harbiy holat kiritish bo‘yicha taklif beradi. Keyin uni prezident qo‘llab-quvvatlab, maxsus farmon chiqarishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng Ukraina parlamenti uni qabul qilishi mumkin.
Bundan avvalroq Poroshenko mamlakatda harbiy holat joriy etilishi zudlik bilan safarbarlik amalga oshirilishini ham anglatmasligi haqida aytgandi.
Ukraina prezidentining bu farmoni Kerch bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq. 25 noyabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining 3ta kemasini Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim suvlari hududiga kirgani uchun qo‘lga olgandi.
Ayni vaqtda Ukraina armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar