Shotlandiyalik bokschi Ronni Klark o‘g‘liga Rojdestvo sovg‘asi xarid qilish uchun IBF chempioni kamarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda World Boxing News nashri ma’lum qilgan.
“Men fevralda qo‘lga kiritgan, ikkinchi yarim yengil vazndagi IBF chempioni kamarini sotuvga qo‘ydim. Uni o‘g‘limga sovg‘a olish uchun pulim yo‘qligi sababli sotmoqdaman”, deb aytgan Klark.
Bokschining ta’kidlashicha, u kamarga dastxatini qo‘yib berishi va xaridor istasa, uni shaxsan yetkazib berishi mumkin. Kamarning dastlabki narxi 1050 funt sterlingni tashkil qiladi.
Bokschi ushbu kamarni joriy yil fevralida raqibi Zelfa Barett jangdan voz kechganidan keyin qo‘lga kiritgan. Klarkning hisobida hammasi bo‘lib 21 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va bir durang natija bor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi