
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hayotdan nolishni yaxshi ko‘radigan fuqarolarga qabristonga borishni maslahat berdi. Bu haqda u 28 noyabr kuni Ostonadagi VIII Fuqarolik forumida so‘zlagan nutqida aytdi.
Respublika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u hayotiy qiyinchiliklar yoki jismoniy kamchiliklarga qaramay, taslim bo‘lmaydigan, rivojlanishda davom etadigan odamlardan ilhomlanadi.
«Biz tez-tez hayotdan shikoyat qilamiz: u yetmayapti, bu yetmayapti. Agar hayot haqiqatdan ham og‘irlashsa, kasalxonalarga borib ko‘ring. Qabristonga borib ko‘ring. U yerda yotganlar sendan ko‘ra yomonroq. Biz esa qo‘l-oyoqlarimiz bo‘lib turib, sochimizni yulamiz: «Qanchalik hammasi og‘irlashib ketdi». Bu noto‘g‘ri. Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘zingizni qo‘lga olib, ishlang. Yoshlar bunga o‘rganishi kerak», - deya ta’kidlab o‘tdi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar