Avvalroq bir urinishda qo‘llarga tayangan holda yotgancha 4105 marta gavdani ko‘tarib-tushira olgani xabar qilingan 5 yoshli chechenistonlik Rahim Kuriyev ushbu mashqdan 2,5 soatda 3202 marta bajarib, 6 ta jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Konenko ma’lum qildi.
Rossiya rekordlar kitobida bolakayning avvalgi urinishi borasida “kichik savollar” tug‘ilgani sababli uning natijasini rasmiy vakillar guvohligida takrorlashga qaror qilingandi.
“Bugun Rahim Kuriyev 5 yoshli bolalar o‘rtasida bir urinishda gavdani eng ko‘p marta ko‘tarib-tushirish bo‘yicha rekorddan tashqari, yana 5 ta jahon rekordini o‘rnatdi: bir soatda, ikki soatda mashqni eng ko‘p bajarish; eng kam vaqt ichida gavdani ming, 2 ming, 3 ming marta ko‘tarib-tushirish. Bu rekordlarning barchasi rasman qayd qilindi”, deb aytgan Konenko. U bolakayga tegishli sertifikatni topshirgan.
Ushbu voqealar aks etgan videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov bolaning rekord natijasi uchun unga “Mersedes” mashinasini sovg‘a qilgandi. Bu gal esa respublika rahbari uni “Chechenistonning faxriy fuqarosi” unvoni bilan taqdirladi. Bolakay shu tariqa ushbu unvonni olgan eng yosh chechenistonlikka aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»