08:30 / 02.12.2018
5 195

Turkmaniston prezidenti hukumat majlisiga velosipedda keldi (foto)

Turkmaniston prezidenti hukumat majlisiga velosipedda keldi (foto)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov shanba kuni o‘tkazilgan hukumat majlisiga velosipedda keldi. Bu haqda hukumatning «Neytralniy Turkmenistan» gazetasiga tayanib, «Daryo» xabar beradi.

Foto: Turkmaniston davlat axborot agentligi
Ma’lum bo‘lishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov «Og‘uzxon» saroyidan Vazirlar mahkamasiga erta tongda velosipedda yo‘l olgan. «Og‘uzxon» saroyidan Vazirlar mahkamasigacha bo‘lgan masofa bir necha yuz metrni tashkil qiladi.

Turkmanistonda velosipedga bo‘lgan e’tibor katta. Ma’lumot uchun Turkmaniston tashabbusi bilan BMTning bosh assambleyasi tomonidan 3 iyun Butunjahon Velosiped kuni deb e’lon qilingan edi. Hozirda Turkmaniston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Butunjahon velosiped kuniga bag‘ishlab mamklakat poytaxtida yodgorlik o‘rnatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti hukumat majlisiga velosipedda keldi (foto)