Passport Index reytingiga ko‘ra, BAA pasporti dunyodagi eng kuchli pasport deb topildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
"Dunyo BAA xalqi uchun o‘z eshiklarini ochadi", deb izohladi BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad ibn Rashid Al Maqtum o‘zining Twitter blogida.
BAA tashqi ishlar vazirligi 2021 yilgacha mazkur mamlakat pasportini dunyoning eng kuchli pasportlari beshligiga kiritishni maqsad qilgan Passport Force tashabbusini ilgari surgandi. 2016 yil dekabrdagi reytingda Amirlik pasporti 27-o‘rinda joylashgandi.
Bugungi kunda BAA fuqarolari 167 mamlakatga vizasiz bora oladi.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti 68-o‘rinni egallamoqda. O‘zbekistonliklar 63 ta davlatga viza olmagan holda sayyohat qilishlari mumkin: ular 26 ta davlatga vizasiz borishlari mumkin, 37 ta davlatga esa kirishda viza olishlariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonliklar viza olishlari kerak bo‘lgan davlatlar 135 tani tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi