
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya maxsus xizmati tomonidan ukrainalik dengizchilarni o‘qqa tutilgani hamda Kerch bo‘g‘ozida harbiy dengiz xizmati kemalarini qo‘lga olgani yuzasidan Gaaga Xalqaro arbitraj sudiga arz qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
«Rossiya bir yo‘la bir nechta xalqaro fundamental buzilishlarga yo‘l qo‘ydi. Birinchi — bu agressiya akti. Agressiya aktlari bu nafaqat o‘qqa tutish, kemalarni qo‘lga olish va dengizchilarni yaralash, bu shuningdek mamlakatga zarba berishdir. Ikkinchidan, Rossiya bizning dengiz huquqi Konvensiyasi bo‘yicha navigatsiya erkinligi suveren huquqlarimizni poymol qildi»,— deydi Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin.
Klimkin ukrainalik dengizchilar xalqaro navigatsiya qoidalariga so‘zsiz amal qilganligini qayd etdi.
Xalqaro hamkorlar Rossiyaning agressiyasi bo‘yicha Ukraina pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar