10:13 / 07.12.2018
3 513

«Oltin globus» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

«Oltin globus» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi
Gollivudning xorijiy matbuot assotsiatsiyasi 76-“Oltin globus” mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi.

“Eng yaxshi dramatik film” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni rejissyor Spayk Lining “Qora klanchi” (BlacKkKlansman), Rayan Kuglerning “Qora pantera” (Black Panther), Dekster Fletcherning “Bogem rapsodiyasi” (Bohemian Rhapsody), Barri Jenkinsning “Agar Bil-strit gapira olganda” (If Beale Street Could Talk) va Bredli Kuperning “Yulduz tug‘ildi” (A Star is Born) filmlari olishi mumkin.

Eng yaxshi komediya yoki myuzikl uchun mukofotni “Aqlbovar qilmas osiyoliklar”, “Favoritkalar”, “Yashil kitob”, “Meri Poppins qaytmoqda” va “Hokimiyat” filmlari olishi mumkin.

Multfilmlar orasida bosh mukofotga “Ralf internetga qarshi” (Ralph Breaks the Internet), «O‘rgimchak odam: Koinotlar orqali” (Spider-Man: Into the Spider-Verse), “Kelajakdan Miray” (Mirai no Mirai), “Itlar oroli” (Isle of Dogs) va “Superoila 2” (Incredibles 2) animatsion filmlari da’vogarlik qilmoqda.

“Eng yaxshi rejissyor” yo‘nalishidagi mukofot uchun Bredli Kuper, Alfonso Kuaron, Piter Farrell, Spayk Li va Adam Makkey bosh da’vogarlar hisoblanadi.

“Eng yaxshi dramatik aktyor” yo‘nalishidagi bosh mukofot uchun Bredli Kuper, Uilyam Defo, Lukas Xejes, Rami Malek va Jon Devid Vashington nomzodlari tanlandi.

“Eng yaxshi dramatik aktrisa” yo‘nalishidagi bosh mukofot uchun Ledi Gaga, Nikol Kidman, Rozamund Payk, Glenn Klouz va Melissa Makkarti kurash olib boradilar.

“Xorijiy tildagi eng yaxshi film” yo‘nalishiga “Kapernaum”, “Qizaloq”, “Hech qachon ortingga qarama», “Roma” va “Do‘konni tunovchilar” filmlari qo‘yilgan.

“Oltin globus” taqdimoti 6 yanvarda Los-Anjelesdagi The Beverly Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Oltin globus» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi