Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putindan gaz transportirovkasi uchun narxlar borasida bahs qilgani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Lukashenko bu haqda jurnalistlarga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari davlat rahbarlarining sammitidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Biroz noqulay ahvolda chiqish qildim, shu sababli keyin tadbir egasi oldida kechirim so‘rashimga to‘g‘ri keldi. Judayam shiddatli chiqish bo‘ldi, ammo buni eshitmaganingiz ma’qul»,— deydi Belorus prezidenti.
U yig‘ilib qolgan masalalarni muhokama etish maqsadida bir haftadan so‘ng Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini aytdi. «Keyingi hafta Rossiya prezidenti bilan uchrashib, yangi yilga yechilmagan muammolar bilan kirib bormaslik uchun barcha ochiq qolgan masalalarga nuqta qo‘yamiz»,— deydi u.
Belorus prezidenti yig‘ilishda mamlakatga gaz transportirovkasini juda qimmat ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yamal-Nenes avtonom okrugidan Belorusga gaz olib o‘tish, 1 ming kub metr uchun 3 AQSh dollarni tashkil qiladi. U Rossiya ichidagi gaz tashish uch barobar arzonligini aytdi.
Uning so‘zlariga javoban Vladimir Putin ushbu masalani matbuotsiz ochiq va vijdonan muhokama qilishni taklif qildi. U bu yil Belorus uchun gaz narxi 1 ming kub metr uchun 129 AQSh dollarini tashkil qilgani, 2019 yilda esa 127 AQSh dollar bo‘lishini ma’lum qildi. Misol tariqasida Germaniya uchun bu narx 250 AQSh dollarini tashkil qilishini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi