16:35 / 08.12.2018
4 058

«Ukraina fitnasi». Rossiya FXX Kerchdagi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi

«Ukraina fitnasi». Rossiya FXX Kerchdagi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi
Rossiya FXX Chegara xizmati sohilni qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Volskiyning brifingda ma’lum qilishicha, Kerch-Yenikalskiy bo‘g‘ozini chet el kemalari o‘tishi uchun yopib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror Ukraina tomoni provokatsiyalari tahdidi sababli qabul qilingan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qora dengizdagi provokatsion harakatlardan bir oy oldin Ukraina kemalari Azov dengizida fitna uyushtirishga uringan, o‘shanda Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining ikkita zirhli kateri - «Lubni» va «Kremenchug» Mariupol portidan chiqqan, Bolgariya bayrog‘i ostidagi kemaga hamrohlik qilgan.

«Ushbu hamrohlik qilish vaqtida Rossiya chegara kemalariga nisbatan qurol qo‘llash to‘g‘risida tahdid bir necha marta efirda eshitildi, artilleriya qurilmalari jangovar shay holatda ekani ataylab ko‘rsatildi», - deya ma’lum qilgan Volskiy.

Uning qayd etishicha, Rossiya hech qachon Ukraina katerlariga qurol ishlatish bilan tahdid qilmagan.

Shuningdek, Volskiy so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning asosiy fitna harakatlari Kerch ko‘prigi qurilishi va faoliyat yuritishiga qarshi qaratildi.

«Ma’lumki, Ukraina vakillari tomonidan Qrim ko‘prigini yo‘q qilish zarurligi to‘g‘risida turli darajada muntazam bayonotlar berildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Volskiy.

Volskiy so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kemalarining Kerch bo‘g‘ozidagi blokadasi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan 1 dekabrga qadar Kerch bo‘g‘ozidan 18 ming 783ta kema suzib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, kemalardan 2 052tasi tekshirildi, bu umumiy sondan 12 foizni tashkil etadi.

Aniqlik kiritilishicha, ulardan 1183tasi Rossiya portlariga, 869tasi Ukraina portlariga yo‘l olayotgan bo‘lgan.

«Rossiya portlariga yo‘l olgan kemalar ko‘proq tekshirilgani tushunarli holat. Bu yerda gap Ukraina portlarining dengiz blokadasi haqida ketayotgani yo‘q», - deya qayd etib o‘tdi Volskiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Ukraina fitnasi». Rossiya FXX Kerchdagi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi