Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan murojaat e’lon qildi.
Uning fikricha, oddiy fuqarolar va davlat hisobiga boyishni istaydiganlarning qarshiliklariga qaramasdan, mamlakatda o‘tgan bir yil ichida ko‘p ishlar amalga oshirilgan.
«Asosiy e’tibor korrupsiya paydo bo‘lishiga olib keladigan sabablarni bartaraf qilishga qaratilmoqda. Davlat xizmatchilarining fuqarolar bilan muloqotlarida inson omilini kamaytirish, tadbirkorlarning ishlariga asossiz aralashuvlar, noqonuniy tekshirishlardan himoya qilishga qaratilgan choralar qabul qilinmoqda», deya qayd etgan Sooronbay Jeenbekov.
Murojaatda aytilishicha, «O‘z cho‘ntagini o‘ylab davlat vakolatlarini suiiste’mol qilganlar nafaqat qonun bilan jazolanishi, balki omma oldida sharmanda qilinishi lozim».
Avvalroq Qozog‘istonda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar ro‘yxatini e’lon qilish taklif etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi