
Kaliforniya universiteti olimlari 2019 yil tarixdagi eng issig‘i bo‘lishi mumkinligini prognoz qilishdi. Bunday prognozni olima Samanta Stivenson bermoqda, deb yozdi National Geographic'a tayanib Kun.uz nashri.
Sayyoramizda haroratning bunday ko‘tarilishi Tinch okeani sharqidagi suvning sirtki qatlami haroratining keskin oshishi sababli yuz beradi. Bu jarayon El-Nino fenomeni deb ataladi.
Oxirgi 4 yilda yuqori haroratlar kuzatilgan, chunki karbonat angidridning atrof-muhitga chiqishi rekord darajalarga yetgan. Bundan Butunjahon meteorologik tashkiloti ma’lumotlari darak bermoqda.
Olimlar global isish ekstremal ob-havo sharoitlarini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirib kelishmoqda. Bunday ob-havo sharoitlariga o‘rmon yong‘inlari, toshqinlar va kuchli bo‘ronlar kiradi. Ta’kidlash joizki, shimoliy yarimsharda joriy yilda 70 ta tropik bo‘ron yuz bergan, vaholanki uzoq vaqt davomida ular soni yiliga 53 taga yaqinni tashkil qilgan.
Kaliforniya UniversitetiYilHarorat Ko'tarilishiEl-Nino FenomeniGlobal IsishEkstremal Ob-HavoO'rmon Yong'inlariToshqinlarKuchli Bo'ronlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar