
Foto: «Oltin asr»
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Sport va turizm milliy instituti yaqinida qurilayotgan yangi binolar bilan tanishdi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» xabar bermoqda.
Bosh planga ko‘ra, bu yerda institut fakulteti, 450 o‘rinli yotoqxona, sportkompleks, dam olish zonasi, velotrek va basseyn quriladi. Shuningdek, sport va yoshlar siyosati vazirligi binosi quriladi.

Foto: «Oltin asr»
Berdimuhamedov mamlakatda buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lsa ham turkmanistonlik sportchilar tomonidan xalqaro musobaqalarda erishilayotgan natijalar talablarga javob bermayotganini tanqid qildi.

Foto: «Oltin asr»
Shundan so‘ng u hamrohlari bilan Olimpiya shaharchasiga yo‘l oldi. Bu yerda bouling o‘ynab, trenajyorlarda shug‘ullandi.
[media=https://www.youtube.com/embed/ff8phjL3Jjw?start=0] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar