
Chet tillar kolejining 17 yoshli talabasi Darig‘a Sakbasinova «Miss Qarag‘anda — 2018» go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Darig‘aning aytishicha, u saxnaga chiqish oldidan mutlaqo hayajonlanmagan: uning modellik faoliyatida tajribasi bor.
«Men kiyimlar do‘konida ishlaganman va Ostonadagi moda namoyishlarida ishtirok etganman. Bugun men o‘zimni xotirjam his qildim, sababi yaqinlarim yonimda meni qo‘llab-quvvatlashayotganliklarini his etdim. Biz ishtirokchilar orasida raqobat bo‘lmadi. Biz bir jamoa sifatida bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik», — deydi qiz.

Foto: Instagram
«Miss Qarag‘anda — 2018» suzish va voleybol bilan shug‘ullanadi. Kelajakda u xayriyaga qo‘l urmoqchi. «Mening eng katta orzum — bu onamning orzularini ro‘yobga chiqarish. Men onam butun dunyoni ko‘rishini istayman», — deydi Darig‘a.
Eng go‘zal qizga tojni «Miss Qarag‘anda — 2017» Yekaterina Dvoretskaya topshirdi.
Bu yilgi kastingda 100 dan ortiq nomzodlar ishtirok etdi. Finalga ulardan 19 nafari o‘tdi. Bu yilgi tanlovning asosiy mavzusi poytaxtning 20 yilligi bo‘ldi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing