Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 12 marta kattaroq daromad olgan. Poroshenko soliq deklaratsiyasida 198 mln griven (7 mln dollar) daromad olganini ko‘rsatgan. Bu haqda “Ukrainskiye novosti” nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
“Bu qiymat prezident tomonidan bir yil avval deklaratsiya qilingan qiymatdan 12 martadan ko‘proqni tashkil qiladi”, deyilgan xabarda. Ukraina prezidenti 2017 yilda 16,3 mln griven daromad olgan.
Poroshenko “Eng boy ukrainaliklarning yetakchi yuztaligi”ga kiradi. U 1,1 mlrd dollarlik boylik bilan ushbu reytingning 6-pog‘onasidan joy olgan. Poroshenkoning asosiy aktivi Roshen qandolatchilik korporatsiyasi hisoblanadi.
Poroshenko 2014 yil prezident lavozimini bajarishga kirishayotganda o‘z biznesidan voz kechishga va’da bergandi, biroq hanuzgacha buni amalga oshirmagan.
2018 yil fevralda Ukraina prezidenti uning davlat rahbari sifatidagi hayoti “bol” emasligi, prezidentlik yillari davomida uning shaxsiy boyligi kamayib ketganidan arz qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi