15:10 / 19.12.2018
4 697

Habib Nurmagomedov Rossiya bayrog‘i haqidagi savolga keskin javob berdi

Habib Nurmagomedov Rossiya bayrog‘i haqidagi savolga keskin javob berdi
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) chempioni Habib Nurmagomedov nima uchun Rossiya bayrog‘i bilan oktagonga chiqmasligi haqidagi savolga keskin javob qaytardi.

«Men har doim bayroq bilan chiqaman. Ekranlarda mamlakat bayrog‘i ko‘rsatiladi. Amerikada ham meni hamma yaxshi taniydi - Dog‘iston, Checheniston, Kavkazni bilmaydiganlar - rossiyalik, deb ataydi. Agar e’tibor qaratgan bo‘lsangiz, hatto men haqimda gapiradigan xorijiy jangchilar ham men rossiyalik ekanimni tilga olishadi. Shuning uchun biz ular uchun bir millatmiz, ular uchun bir xalqmiz. Eng muhimi, bizning odamlar ajralmasligida. Masalan, sen kabilar. Bunday axmoqona savollarni menga bermaslikni so‘rayman.

Chet elda hech kim bizni ajratmaydi. Biz ajralgan holda bo‘lishimizni xohlaydigan odamlar ichkaridan ajratishga urinmoqda. Shuning uchun, suhbatni o‘zgartir va siyosat haqida emas, balki sport haqida gaplash. Agar senda shunga aloqador savollar bo‘lsa - ular haqida so‘rashni davom ettirishing mumkin», - dedi Nurmagomedov Ura.ru’ga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Habib Nurmagomedov Rossiya bayrog‘i haqidagi savolga keskin javob berdi