00:10 / 20.12.2018
3 588

Britaniya Trampning AQSh IShID ustidan g‘alaba qilgani haqidagi so‘zlariga qarshi chiqdi

Britaniya Trampning AQSh IShID ustidan g‘alaba qilgani haqidagi so‘zlariga qarshi chiqdi
Suriyada IShID terrorchilik guruhi ekstremizmning boshqa shakllariga aylangan. Bunday fikrni tvitterdagi sahifasida Buyuk Britaniyaning mudofaa vazirligidagi davlat vaziri Tobias Ellvud bildirdi. U AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozongani haqidagi tasdig‘iga shunday munosabat bildirdi.

“Men umuman qo‘shilmayman. U [IShID guruhi] ekstremizmning boshqa shakllariga aylangan va xavf hali ham dolzarbdir”, deb yozgan Ellvud.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganini e’lon qilgan. Tramp tvitterdagi sahifasida AQSh Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozongani va AQSh harbiy kontingentining u yerda bo‘lishidan yagona maqsad ham shu bo‘lganini yozgan.

Reuters axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Suriyadan qo‘shinlarini 60-100 kun ichida olib chiqishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya Trampning AQSh IShID ustidan g‘alaba qilgani haqidagi so‘zlariga qarshi chiqdi