3 590
Britaniya Trampning AQSh IShID ustidan g‘alaba qilgani haqidagi so‘zlariga qarshi chiqdi
Suriyada IShID terrorchilik guruhi ekstremizmning boshqa shakllariga aylangan. Bunday fikrni tvitterdagi sahifasida Buyuk Britaniyaning mudofaa vazirligidagi davlat vaziri Tobias Ellvud bildirdi. U AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozongani haqidagi tasdig‘iga shunday munosabat bildirdi.
“Men umuman qo‘shilmayman. U [IShID guruhi] ekstremizmning boshqa shakllariga aylangan va xavf hali ham dolzarbdir”, deb yozgan Ellvud.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganini e’lon qilgan. Tramp tvitterdagi sahifasida AQSh Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozongani va AQSh harbiy kontingentining u yerda bo‘lishidan yagona maqsad ham shu bo‘lganini yozgan.
Reuters axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Suriyadan qo‘shinlarini 60-100 kun ichida olib chiqishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi