
Amerikaning Shimoliy Karolina shtatiga qarashli Gaston shahrida yashovchi Trevis Porch Virjiniyaga oilasi bilan dam olishga ketayotgandi. Yo‘lda farzandlari hojatxonaga chiqib kelish uchun ruxsat so‘rashdi. Erkak yo‘l chetidagi do‘konlardan biri yonida mashinasini to‘xtatdi.
Bolalari hojatxonaga borib kelguncha ikki dona lahzalik lotereya chiptasi sotib olishga ahd qildi. Chiptalardagi berkitilgan raqamlarni ochdi-yu, ko‘zlariga ishonmadi. Birinchi chipta atigi 15 dollar yutgan bo‘lsa, ikkinchisi 150 ming dollar miqdoridagi yutuqni hadya etdi.
Yutuq egasi bu pullardan bir qismini ipoteka uchun to‘lab, qolganlarini farzandlarining kelajagi uchun asrab qo‘yishni ma’qul bildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar