Avstraliyalik olimlar Tasmaniya orolining janubiy sohillari yaqinida yuzlab yangi turdagi dengiz jonzotlarini aniqlashdi. Tadqiqot inson ta’siridan himoyalanuvchi va baland suv osti tog‘lari joylashgan qo‘riqxona hududlarida o‘tkazilgan.
Olimlar bir oy ichida korall poliplari, baliqlar va mollyuskalar yashaydigan 45 ta suv osti tog‘ini tadqiq qilishgan. Ular 1,9 ming metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘ishgan.
Olimlar ekspeditsiya davomida 60 mingga yaqin surat va 300 soatdan ko‘proq videoni tasvirga olishgan. Ular yig‘ilgan materiallarni ko‘zdan kechirayotib, fanga avval ma’lum bo‘lmagan ko‘plab jonzotlarni uchratishgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ular ma’lumotlarni batafsil o‘rganishlariga yana bir necha oy kerak bo‘ladi, biroq topilgan ba’zi jonzotlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishdi. Jumladan, ular topgan yangi jonzotlardan eng antiqalari orasida biolyuminessent kalmarlar, arvoh-akulalar, skatlar, qisqichbaqalarning yangi turlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi