
Foto: Walt Disney Pictures
100 mingdan ziyod kishi Walt Disney kino kompanyasidan «Qirol sher» multfilmidagi «hakuna matata» iborasiga mualliflik huquqidan voz kechishni talab qilib petitsiya imzoladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Suahili tilida u «hech narsadan tashvishlanma» degan ma’noni anglatadi.
Petitsiya tarafdorlari ushbu ibora uchun mualliflik huquqini G‘arbliklarning Afrika manbalariga «mustamlakachilik va o‘g‘irlik» bilan taqqosladi.
Suahili — Sharqiy Afrikada 150 millionga yaqin odamlar so‘zlashadigan til. U Keniya, Tanzaniya, Uganda, Kongo Demokratik Respublikasi, Mozambik va Janubiy Afrikada qo‘llaniladi.
Petitsiya muallifi Shelton Mpalning so‘zlariga ko‘ra, til tashuvchilari Disney kompaniyasining harakatlaridan hayratga tushgan.
«Qirol sher» 1994 yilda chiqarilgan bo‘lsa-da, kompaniya 2003 yilda ushbu iboraga mualliflik huquqini qo‘lga kiritdi, janjal esa hozir chiqdi.
Buning sababi, keyingi yilda «Qirol sher»ning rimeyki chiqqani bilan bog‘liq edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar