
2017 yil 11 may kuni Shveysariyaning Jeneva shahridagi banklardan biri kanalizatsiyasi tiqilib qoldi. Santexniklar unitaz ichkarisidan o‘shanda 40 ming yevro pulni tortib olishdi.
Xuddi o‘sha kuni sal narida faoliyat yurituvchi qandolat fabrikasida ham kanalizatsiya tiqilish hodisasi sodir bo‘lib, santexniklar unitazdan 8,5 ming yevro miqdoridagi pullarni chiqarib olishdi. Kechqurun esa shahardagi kafelarning biri hojatxonasi unitazidan 20 ming yevro tortib olindi.
Oradan bir oy o‘tgach, pitssa pishiriladigan kafe unitazidan 40 ming yevro pul topishdi. Qarabsizki, bu ish bilan shahar prokuraturasi jiddiy shug‘ullana boshladi. Axir, qiziq-da! Qaysi boyvachcha butun boshli o‘n minglab yevrolarni hojatxonaga tashlab yubormoqda? Nima maqsadda bu ishni qilyapti?..
Prokurorlar harakatlar jarayonida bir narsani aniqlashdi. Hojatxonalardan topilgan pullarni ikki nafar ayol folbin, jodugarlar ko‘rsatmasiga asosan hojatxonalarga tashlab yuborgan. Aniqrog‘i, folbin, jodugar pullarga ayollarni qiynayotgan yovuz ruhlarni ko‘chirgan-u, aynan hojatxonaga tashlashni buyurgan. Bor-yo‘g‘i shu xolos…
Ammo prokurorlar folbinlarni ham, ayollarni ham topa olishmadi. Oradan bir yil o‘tgach, ya’ni, 2018 yil dekabr boshlaridagina ushbu jinoiy ish yopilib, pullar kim topib prokuraturaga olib kelgan bo‘lsa, o‘shalarga hadya etildi.
Manba: Hordiq.uz
ShveysariyaJenevaKanalizatsiya TiqilishiSantexniklarO‘n Minglab YevrolarFolbin JodugarlarJinoiy IshProkuraturaHojatxona O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing