08:34 / 28.12.2018
3 827

Rossiyaning eng boy blogeri 2018 yilda 1,2 mln dollar daromad qildi

Rossiyaning eng boy blogeri 2018 yilda 1,2 mln dollar daromad qildi
Foto: Hi-Tech Mail.Ru
Rossiyaning RIAB kompaniyasi mamlakatdagi YouTube-blogerlar bozorida tadqiqot o‘tkazdi hamda mashhurligi orqali internetda hammadan ko‘p pul topganlarning ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Mazkur ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan turli gadjet, avtomobil va o‘yinlar haqida ma’lumot beruvchi bloger Wylsacom (Valentin Petuxov) joy egalladi. RIABning baholashicha, Valentin 2018 yil davomida o‘z blogi orqali 82 million rubl (qariyb 1,2 million dollar) daromad olgan.

Uning ortidan ro‘yxatdan YouTube kanalida mashhurlar bilan intervyu o‘tkazadigan jurnalist Yuriy Dud o‘rin oldi. Bir yilda kanal unga 78 million rubldan ko‘p daromad keltirgan.

Uchinchi o‘rinni bloger Oblomoff (Oleg Grigorev) egalladi. U turli retseptlar va ovqat yetkazib berish xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi. Uning daromadi — 52,5 million rublni tashkil qildi.

2018 yilda mashhur jurnalist Leonid Parfenov YouTube tarmog‘ida o‘zining «Parfenon» blogini ochdi. Bir yil ichida 500 ming obunachi yig‘a olgan blog jurnalistga 23 million rubl daromad keltirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning eng boy blogeri 2018 yilda 1,2 mln dollar daromad qildi