Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi yilga belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkodan sovg‘a sifatida 4 qop “eng yaxshi navdagi” kartoshka oldi.
Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmontning ma’lum qilishicha, kartoshka “prezident tomorqasida” yetishtirilgan. Uning aytishicha, Lukashenko avvalgi uchrashuvlaridan birida Putindan Belarusdan unga nima olib kelishi mumkinligi haqida qiziqqan. Putin bunga javoban “Belarusdan yana nima ham so‘rash mumkin? Kartoshka va salo-da”, deb javob qaytargan.
Eysmontning ta’kidlashicha, Belarus rahbari Putinga turlicha usulda tayyorlash uchun turli navdagi 4 qop kartoshka olib kelgan.
“Prezident tomorqasidan eng yaxshi, super navdagi kartoshka”, deb aytgan Eysmont.
[media=https://www.youtube.com/embed/9F5mymMlfT0]
Lukashenko Rossiyaga avvalgi safari vaqtida rossiyalik hamkasbiga salo sovg‘a qilgandi.
Lukashenko joriy haftada Putin bilan ikki marta – 25 va 29 dekabrda uchrashdi. Ikki davlat yetakchisi Ittifoqdosh davlat tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni va soliq manyovrlarini muhokama qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?