
Odatda Melanya Trampni liboslarni tanlash didi tufayli butun dunyo bo‘ylab millionlab ayollarga o‘rnak sifatida tilga oladilar. Ammo AQSh birinchi xonimining omma qarshisidagi oxirgi chiqishi internet foydalanuvchilarida teskari reaksiyani hosil qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Melanyaning Iroqdan turmush o‘rtog‘i bilan qaytayotganida kiygan libosi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchradi. Prezident rahbari va uning rafiqasining Iroqdan qaytishi sahnasi Twitterda e’lon qilingan.
Melanya Tramp kalta yashil paltoda va juda tor och malla losina-shimda bo‘lgani uchun u deyarli ko‘rinmagan. Oqibatda, birinchi xonim ishtonsizdek ahvolda namoyon bo‘lgan.
"Melanya ishton kiymaganmi?", - deya savol bilan yuzlangan foydalanuvchilardan biri.
"Bu libosda u xuddi janjalkash elflarga o‘xshab qolibdi", - deya izoh qoldirgan foydalanuvchilardan yana biri.
"Aslida nima bo‘lganini bilish uchun uch marta videoni qayta ko‘rishimga to‘g‘ri keldi", — deydi yana biri.
Pres. Trump and first lady Melania Trump arrive at Joint Base Andrews after unannounced visit to Iraq and Germany. https://t.co/vQJCmzspqn pic.twitter.com/3jANVwjVHA
— ABC News (@ABC) December 27, 2018
Ammo tanqidchilar bu bilan qoniqishmadi, ular Melanya kun botganida quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqib olganini ham nazarlaridan qochirmadilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar