16:35 / 01.01.2019
4 389

Qozog‘istonlik qiz Habib Nurmagomedovning Instagram’dagi tanlovida mashina yutib oldi

Qozog‘istonlik qiz Habib Nurmagomedovning Instagram’dagi tanlovida mashina yutib oldi
Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida yashovchi Saule Bolatboyeva UFC chempioni Habib Nurmagomedov tomonidan Instagram’da uyushtirilgan giv-tanlovda superyutuq — Toyota Camry avtomashinasini yutib oldi, deb xabar beradi «Daryo».

«30 dekabr kuni jonli efirda g‘olibni avtomatik tanlov generatori orqali aniqlaymiz, bundan tashqari barcha obunalarni tekshiramiz. Sovg‘alar kutmoqda», — deb yozgandi Habib Nurmagomedov bir necha kun oldin o‘zining akkauntida.

Qizning g‘olib bo‘lganligi haqida Instagram’dagi autolife_almaty guruhida yozildi. Shuningdek, ular Habib Nurmagomedovning rasmiy akkauntidan chiqilgan jonli efir videolarini ham joylashtirdi.

Keyinchalik Bolatboyevaning o‘zi Instagram’dagi Stories bo‘limida Nurmagomedovdan mashina yutgani haqida xabar qildi. Qizni sovg‘asini olish uchun Moskvaga taklif qilishdi. Habibning shaxsan o‘zi mashina kalitini topshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik qiz Habib Nurmagomedovning Instagram’dagi tanlovida mashina yutib oldi
[/banner_pushhouse