18:50 / 01.01.2019
3 864

Magnitogorskda vayronalar ostidan 11 oylik chaqaloq tirik chiqdi

Magnitogorskda vayronalar ostidan 11 oylik chaqaloq tirik chiqdi
Chelyabinsk oblasti Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida qisman qulagan ko‘p qavatli uyning vayronalari ostida o‘n bir oylik bola tirik holda topildi. Bu haqda TASSga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Chaqaloqning holati og‘ir deb baholanmoqda, deya aniqlik kiritishgan tez tibbiy yordam xizmatidan. «U reanimobilda shifoxonaga olib ketildi», - deya aytib o‘tdi voqea joyiga yaqin yerda joylashtirilgan operativ shtab vakili.

«Bola karavotchada bo‘lgani va issiq o‘rab qo‘yilgani tufayli omon qolgan», - deya xabar berilgan mintaqa gubernatori Boris Dubrovskiyning rasmiy Telegram-kanalida. U yerdan qo‘shimcha qilinishicha, chaqaloq uchun jonlantirish bo‘limi tayyorlanmoqda.

Voqeaga guvoh bo‘lganlardan birining Znak.com’ga aytishicha, qutqaruvchilar vayronalar ostidan inson yig‘isini eslatuvchi tovush eshitishgan. «Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va tibbiyot xodimi darhol u yerga chopib ketdi. Bunga ishonish juda qiyin edi. Gap shundaki, maxsus issiqlik zambaraklari yordamida vayronalarning bu qismiga o‘tgan vaqt davomida issiqlik yetkazib berib turilgandi», - deya aniqlik kiritdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Magnitogorskdagi fojia oqibatida qurbon bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Magnitogorskda vayronalar ostidan 11 oylik chaqaloq tirik chiqdi